dcsimg

Moychechak ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Moychechak (Matrigaria) — murakkab-guldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dorivor ekin. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Yevropada, Jan. Sibirda, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda uchraydi. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonning Toshkent, Namangan viloyatlaridagi dorivor ekinlar yetishtiriladigan xoʻjaliklarda dorivor M. (M.recutito) turi (chittigul) ekiladi. Dorivor M.ning boʻyi 40 sm. Poyasi bir yoki bir nechta, tik usadi, tepa qismidan shoxlanadi. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Toʻpguli (savatchasi) oq, tilsimon urugʻchi gullardan iborat. Gullari oq, sariq, xushboʻy. Iyun—iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Tarkibida 0,8% efir moyi, kumarinlar, flavonoidlar, karotin va boshqa moddalar bor. Tibbiyotda qoʻllaniladi. M. hosili (toʻpguli) bir necha marta yigʻishtirib olinadi.. Hosildorligi: quruq toʻpguli 3—4s/ga, urugʻi 0,8—1 s/ga. Yana q. Dorivor oʻsimliklar.[1]

Manbalar

  1. "Moychechak" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Moychechak: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Moychechak (Matrigaria) — murakkab-guldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dorivor ekin. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Yevropada, Jan. Sibirda, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda uchraydi. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonning Toshkent, Namangan viloyatlaridagi dorivor ekinlar yetishtiriladigan xoʻjaliklarda dorivor M. (M.recutito) turi (chittigul) ekiladi. Dorivor M.ning boʻyi 40 sm. Poyasi bir yoki bir nechta, tik usadi, tepa qismidan shoxlanadi. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Toʻpguli (savatchasi) oq, tilsimon urugʻchi gullardan iborat. Gullari oq, sariq, xushboʻy. Iyun—iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Tarkibida 0,8% efir moyi, kumarinlar, flavonoidlar, karotin va boshqa moddalar bor. Tibbiyotda qoʻllaniladi. M. hosili (toʻpguli) bir necha marta yigʻishtirib olinadi.. Hosildorligi: quruq toʻpguli 3—4s/ga, urugʻi 0,8—1 s/ga. Yana q. Dorivor oʻsimliklar.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari