dcsimg

Uchar baqalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Uchar baqalar (Rhacophorus) - dumsiz amfibiyalar urugʻi, kurak oyoqlilar oilasiga mansub. Uz. 6—10 sm, 18 turi Jan. va JanSharqiy Osiyo, Yaponiyada tarqalgan. Daraxtlarda yashaydi; barmoklari orasida pardasi bor. Barmoklarini keng yoyganida yuzasi 20 sm2 gacha yetadi. Uchar baqalar daraxtdan daraxtga yoki yerga 10–12 m gacha sakrashi mumkin. Tanasi ochiq rangli, koʻpincha yashil tusda. Urgʻochisi, odatda, yirikroq boʻlib, koʻpayish davrida erkagi olib yuradi. Tuxumlarini suv ustidagi barglar orasiga qoʻyadi; ayrimlari qorin qismiga yopishtirib oladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari