dcsimg

Adonis (oʻsimlik) ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Adonis (Adonis) – ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘tlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va ko‘p yillik turlari bor. O‘rta Osiyo, Sibir va Yevropa tog‘larida o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Kashqadaryo va Surxonda-ryo viloyatlaridagi yaylovlarda A.ning 4 turi (A. parvifl ora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocy-athus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, A. turkestanica va A. vemalis .)dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20–40 sm), tukli bo‘lib, gullab bo‘lgandan so‘ng tuklari to‘kilib ketadi. A. bar-glari qirqma, patsimon, murakkab, po-yasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktino-morf (to‘g‘ri), har bir poyacha uchida bittadan gul bo‘ladi: gulkosachasi 5 ta ko‘k ko-sachabargdan, gultoji 5–20 ta sariq gul-barglardan iborat. Changchi va urug‘chilari ko‘p. Gul o‘rni konussimon. A. aprel– may oyida gullaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Adonis (oʻsimlik): Brief Summary ( Uzbek )