Oltinkoʻzlar (Chrysopidae) -toʻrqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Oʻrta Osiyo faunasida 24 turi tarqalgan. Oʻzbekistonda Ch. carnea Steph., Ch. septempan cfata W., Ch. albolineata L., va Ch. vittata W. koʻp uchraydi. Tanasi och yashil, kuzlari tillarang , sadafeimon yoki kamalaksimon tovlanuvchi qanotlari yoyilganda 19– 50 mm. Moʻylovi choʻtkasimon, peshonasi tekis. Ingichka dastali och yashil tuxumini oʻsimlikka yopishtirib qoʻyadi. Lichinkasi tigiz, old va orqa tomoni ingichka, koʻkrak oyoqlari yaxshi rivojlangan. Gʻumbagi ochiq tipda, rangi yashil. O.ning lichinkalari yirtqich hayot kechirib, ular juda xoʻra va nihoyatda harakatchan. Ular polifag (ozuqa turi koʻp). Lichinkasi 3000 tagacha bit, oʻrgimchakkana va zararkunanda tunlam tuxumlarini yoʻq qilishi mumkin. Yetuk hasharot fazasida, kamdan-kam gʻumbak xrlida qishlaydi. Qishlovdan mart oxiri — aprel boshlarida, sutkalik oʻrtacha harorat 10—11° boʻlganda chiqadi. Tuxumini oʻsimlikning bargi va boshqa qismlariga bittadan yoki toʻp qilib qoʻyadi. Urgʻochisi bir kunda 65, hayoti davomida esa 500—750 tagacha tuxum qoʻyadi. Dehqonlik mintaqalarida yashaydigan O.ning asosiy turlari 4—5 avlod beradi. Paxta dalalari agrobiotsenozida O. gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini yoʻq qiluvchi etnomofaglar sifatida katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan ximoya qilishda qoʻllash uchun O.ni laboratoriya sharoitida, tabiiy va sunʼiy ozuqa muhitida koʻpaytirish usuli ishlab chi-qilgan (yana q. Foydali hasharotlar).
Sulton Alimuhamedov.[1]

Sulton Alimuhamedov.