dcsimg

Olabuta eshakshoʻra ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Olabuta eshakshoʻra (Atriplex L.) — shoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon yoki yarim buta oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda O.ning maydagul O. (A. micrantha C.A.Mey.), tatar O.si (A. tatarica L.), yelpigʻichsimon O. (A. flabellum Bgge.) turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 1 m yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang gʻubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urugʻi yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sentabrgacha gullaydi va meva tugadi. Bir oʻsimlik 100 mingga yaqin urugʻ beradi, toʻkilgan urugʻlari bahorda yana unib chiqadi. Begona oʻt sifatida yoʻl yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda oʻsadi.

Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urugʻlarni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qoʻllaniladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Olabuta eshakshoʻra: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Olabuta eshakshoʻra (Atriplex L.) — shoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon yoki yarim buta oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda O.ning maydagul O. (A. micrantha C.A.Mey.), tatar O.si (A. tatarica L.), yelpigʻichsimon O. (A. flabellum Bgge.) turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 1 m yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang gʻubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urugʻi yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sentabrgacha gullaydi va meva tugadi. Bir oʻsimlik 100 mingga yaqin urugʻ beradi, toʻkilgan urugʻlari bahorda yana unib chiqadi. Begona oʻt sifatida yoʻl yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda oʻsadi.

Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urugʻlarni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qoʻllaniladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari