Bukri baliq, gorbusha (Oncorhynchus gorbuscha) — losossimonlar oilasiga mansub baliq. Asosan, Tinch okeanining shim. qismi va qisman Shim. Muz okeanida tarqalgan. Tanasining uz. 60—70 sm, koʻpincha 45—50 sm, ogʻirligi 1,5—1,7 kg gacha boradi. Yashash davri juda qisqa, hayoti davomida fakat bir marta uvildiriq tashlaydi. Urchish paytida dengizdan daryolarga, xususan, Yapon dengiziga quyiladigan daryolarga (koʻproq Amurga) katta gala boʻlib, yuqori oqimgacha suzib boradi. Daryolarning tiniq, kislorodga boy boʻlgan yuqori oqimida suv tubida kovlangan chuqurlarga urgʻochisi 1500—2000 tagacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi uvildiriq ustiga urugʻlarini sepadi. Urgʻochi va erkak baliqlar urchigandan soʻng nobud boʻladi. Tuxumdan chiqqan chavoqlar daryo oqimi bilan dengizga tushib, voyaga yetadi.