dcsimg

Qoʻngʻiroqguldoshlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Qoʻngʻiroqguldoshlarikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Oʻt, chala buta va kichik daraxtlardan iborat. Koʻpchiligining sut shirasi bor. Barglari butun, navbatlashib, baʼzan qaramaqarshi yoki doira boʻlib joylashgan. Gullari toʻgʻri, baʼzan zigomorf, ikki jinsli. Gultoji qoʻnqiroqsimon qoʻshilib oʻsgan. Otaligi 5 ta. Mevasi koʻp urugʻli koʻsakcha yoki rezavor.

Shim. yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida hamda Jan. yarim sharning moʻʼtadil hududlarida 70 turkumi (2000 turi) bor. Shundan Oʻzbekistonda 6 turkumi (13 turi) oʻsadi. Q.dan qoʻngʻiroqgul va lobeliya keng tarqalgan.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari