dcsimg

Tizimguldoshlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Tizimguldoshlar , tizimgullilar (Verbenaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va oʻtlardan iborat 90 turkumi va 2900 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turkumga mansub 4 turi usadi. Poyasi 4 qirrali, barglari qaramaqarshi yoki halqasimon oʻrnashgan; yonbargsiz, gullari zigomorf, toʻpgulli barg qoʻltigʻi yoki poya uchida joylashgan; gultojbarglari bir-biri bilan qoʻshilib, tubi nay, uchi esa ikkita lab hosil qiladi; changchilari 4 ta, urugchisi bitta; tugunchasi ustki, 4 xonali; mevasi 4 ga boʻlinadigan danak. Dorivor, efir moyli, ziravor, qimmatbaho yogʻoch beradigan va oziq-ovqat (sabzavot) sifatida ishlatiladigan turlari bor.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari