Gnu (Connochaetes) — kuvushoxlilar oilasi urugʻi. Tanasining uz. 170—240 sm, yagʻrinidan bal. 90—145 sm. Shoxlari (uz. 85 sm gacha) yaxshi rivojlangan. Tanasining oldingi qismida yunglari uzun, yeli bor. 2 turi Jan. va Jan.-Sharqiy Afrikada oʻt va butali dashtlarda tarqalgan. Kichik guruh boʻlib oʻtlab yuradi. 1, baʼzan 2 bola tugʻadi. Soni juda kamayib ketgan, asosan milliy bogʻlarda uchraydi. Afrika okdum G.si (C.gnou) hozir faqat tutqinlikda saqlanib qolgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.