dcsimg

Arhar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Arhar, alqor, tog‘ qo‘yi (Ovis)– juft tuyoqlilar turkumiga mansub yov-voyi qo‘ylarning umumiy nomi. Ba’zan muflon, arkal, arqor, urial deb ham ata-ladi. A. O‘rta dengiz o.lari, Old, O‘rta, Markaziy va Shimoli-Sharqiy Osiyoning tog‘liq hududlarida tarqalgan. U tog‘ yon bag‘irlari va qoyalar orasidagi birmun-cha tekis va ochiq joylarda yashaydi. Er-659kaklari urg‘ochilariga nisbatan yirik (tanasi uz. 110– 120 sm, bo‘yi 65 – 125 sm, vazni 230 kg gacha), shoxi spiralsimon yoki halqasimon buralgan, uzun (70 – 190 sm), urg‘ochilarining shoxi ingichka yoki butunlay bo‘lmaydi. Uchta turi: Tyanshan qo‘yi (O. ammon karelini), Yevropa qo‘yi (O. musimon), Osiyo qo‘yi (O. orientalis) va 10 ga yaqin kenja turi ma’lum. O‘rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonda Tyan-shan qo‘yi va Osiyo qo‘yi uchraydi. Tyan-shan qo‘yi yaqin vaqtlargacha Tyanshanning Farg‘ona tog‘larigacha bo‘lgan qismida, shu jumladan Ugom, Pskom, Chatqol, Ta-las va Qirg‘iz tog‘larida keng tarqalgan edi. Hozir asosan Chatqol qo‘riqxonasida saqlanib qolgan, daryolarning yuqori oqimida 2000 – 3000 m balandlikda uchraydi, tik qoyalar yaqinidagi relefi notekis bo‘lgan joylarni yaxshi ko‘radi. Bahorga yaqin tog‘ning pastroq qismiga ekin eqilgan dalalarga tushib o‘tlashi mumkin. Qo‘chqorining shoxlari spiral-simon buralgan (uz. 120 sm gacha), vazni 60 – 106 kg (ba’zan 200 kg gacha), uz. 170 – 190 sm; urg‘ochisining shoxlari in-gichka va kalta, vazni 50 – 54 kg, uz. 160 – 170 sm. Osiyo qo‘yi Tyanshan, Pomir, Himolay tog‘larining O‘zbekiston, To-jikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston hududlarida tarqalgan. O‘zbekistonda bu to‘rning Qizilqum qo‘yi, Seversov qo‘yi (O. orientalis severtzovi) Markaziy va G‘arbiy Qizilqumning Amudaryo va Sirda-ryo oralig‘idagi past tog‘larida hamda Po-mir-Olayning Nurota, Oqtov, Molguzar tog‘larida saqlanib qolgan. Qo‘chqorining uz. 130 sm, bo‘yi 80 sm, vazni 70 –125 kg, erkagi- Ining shoxi halqa shaklida bu-ralgan (uz. 98 – 107 sm), urg‘ochisiniki ingichka, kalta, qilichsimon egilgan. Bo‘ynining ostki tomonidagi yoli Tyan-shan qo‘yinikiga nisbatan birmuncha kalta va ensiz. O‘zbekiston hududida bu kenja tur Qizilqumning hamma past tog‘larida tarqalgan edi. Chorva mollarining ko‘payishi va ovlanish natijasida uning areali keskin qisqarib, hozir Nurotaning g‘arbiy qismida va Markaziy Qizilqumda saqlanib qolgan. Qizilqum qo‘yini muhofaza qilish uchun Nuro-ta tog‘larining markaziy qismida 1972 yil qo‘riqxona tashkil etilgan. Hozir qo‘ylarning umumiy soni 1000 taga yetdi. Buxoro qo‘yi, tojik qo‘yi (O. orientalis bocharensis) O‘zbekistonning Turkma-niston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida, qo‘shni Afg‘oniston va Po-kistonda tapqalgan. Qo‘chqori bo‘ynining ostki qismida qalin va uzun yoli bo‘ladi, shoxlari yirik, halqa shaklida buralgan (uz. 72 sm gacha), urg‘ochisi kichikroq, shoxlari kalta va bir oz qayrilgan. Buxoro qo‘yining vazni qizilqum qo‘yidan kamroq bo‘ladi. O‘zbekistonda Buxoro qo‘yining ikkita: bobotog‘ va boysun-ko‘hitang po-pulyatsiyalari mavjud. Qo‘ylar 300 – 400 m dan 2200, ba’zan 3000 m gacha balandlikda archa o‘sadigan ochiq tog‘ yon bag‘irlarida yashaydi. Buxoro qo‘yini muhofaza qilish uchun Surxon qo‘riqxonasi tashkil etil-gan. Ustyurt qo‘yi, arkal (O. orientalis arcal) Manqishloq yarim oroli, Ka-spiy dengizining jarlik sohillari, Qorabo‘g‘ozko‘l, Qoraqumning past tog‘lari va o‘ngirliklari hamda Orol dengizining g‘arbiy qismida tarqalgan. O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston hududining Ustyurt qismida uchraydi. Ko‘chqorining vazni 58 – 79 kg, tanasining uz. 121 – 147 sm, bo‘yi 77 – 98 sm; shoxlarining uz. 92 sm gacha, boshining ikki yonida chala o‘rama hosil qiladi. Urg‘ochisi erkagiga nisbatan kichikroq, vazni 36 – 56 kg, shoxlari ingichka va nisbatan kalta (uz. 25 – 30 sm). Erka-gining bo‘yni ostida qalin yoli bo‘ladi, tum-shug‘i ostida kalin yungi (soqoli) bo‘lishi bilan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Ustyurt qo‘yi cho‘l sharoitiga mos-lashgan, Qoraqum tog‘larining odam va yirtqich hayvonlar o‘tolmaydigan tik qiyaliklari va jarliklari ustida yashaydi. Yozda kechasi o‘tlaydi, sho‘rlangan buloq suvi bilan qanoatlanadi, qishda va bahorda ko‘pincha kunduzi o‘tlab, ko‘lmak bo‘lib qolgan yomg‘ir suvidan ichadi. Manqishloq 660va Ustyurtning o‘zlashtirilishi, bra-konerlik tufayli Ustyurt qo‘yining soni keskin kamayib ketgan, hozir bir necha yuz qo‘y Qoraqalpog‘iston hududida saqlanib qolgan. Ustyurt qo‘yini ovlash man qilingan. A.lar poda bo‘lib yashaydi. Bo‘g‘ozlik davri 5 oyga yaqin. May – iyunda bitta, ba’zan ikkita bola tug‘adi. Qo‘zisi 2,5 – 3 yoshda voyaga yetadi. A. xonaki qo‘ylarning avlod boshi hisoblanadi. A.ni merinos qo‘ylari bilan duragaylab ma-yin junli Qozog‘iston arhar merinosi chikarilgan. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.Ad.: Bogdanov O. P., Redkiye jivotnie Oʻzbekistana, T., 1990.Ochil Mavlonov, Muboshir Musayev.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Arhar: Brief Summary ( Uzbek )