dcsimg

Olabugʻa baliqlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Olabugʻa baliqlar (Perciformes), okunsimonlarsuyakli baliklar turkumi. Uz. 1 sm dan 5 m gacha, vazni grammning bir necha ulushidan 900 kg gacha. Kupchiligining suzgich pufagi bor. Suzgichlari tikanli, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 yoki kamroq nurli. Tangachalari ktenoidli, baʼzan sikloidli, ular modifikatsiyasidan iborat yoki boʻlmaydi. 149 oila, 1200 urugʻ va 6500 ga yaqin turi bor. Barcha dengiz, okean va chuchuk suvlarda tarqalgan. Olabugʻa baliqlar baliqlarning eng yirik turkumi, barcha maʼlum turlarning 40%ini uz ichiga oladi. Barcha dengizlarning sohil boʻyi suvlarida stavridalar, dengiz itchalari, xoʻkizchalar, serransimonlar, gubanlar; ochiq dengizlarda tunetslar, yelkanlilar, korifenlar va boshqa kengtarqalgan. Yevrosiyo va Shim. Amerika suvlarida olabugʻalar, Afrika va Jan. Amerikada sixlidalar, Shim. Amerikada sentdarxidlar, Jan. Osiyo va Afrikada labirintlilar koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda Olabugʻa baliqlarning 4 oilasi (buka baliqlar, aterinlar, olabugʻalar, toshbuqalar), 9 urugʻi va 13 turi tarqalgan. Oddiy olabugʻa va oq yela Amu va Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengizida yashaydi. Koʻpchilik Olabugʻa baliqlar Orol dengizi bilan bogʻliq boʻlgan. Bir qancha Olabugʻa baliqlar sanoat miqyosida ovlanadi, sunʼiy suv havzalarida koʻpaytiriladi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Olabugʻa baliqlar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Olabugʻa baliqlar (Perciformes), okunsimonlar — suyakli baliklar turkumi. Uz. 1 sm dan 5 m gacha, vazni grammning bir necha ulushidan 900 kg gacha. Kupchiligining suzgich pufagi bor. Suzgichlari tikanli, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 yoki kamroq nurli. Tangachalari ktenoidli, baʼzan sikloidli, ular modifikatsiyasidan iborat yoki boʻlmaydi. 149 oila, 1200 urugʻ va 6500 ga yaqin turi bor. Barcha dengiz, okean va chuchuk suvlarda tarqalgan. Olabugʻa baliqlar baliqlarning eng yirik turkumi, barcha maʼlum turlarning 40%ini uz ichiga oladi. Barcha dengizlarning sohil boʻyi suvlarida stavridalar, dengiz itchalari, xoʻkizchalar, serransimonlar, gubanlar; ochiq dengizlarda tunetslar, yelkanlilar, korifenlar va boshqa kengtarqalgan. Yevrosiyo va Shim. Amerika suvlarida olabugʻalar, Afrika va Jan. Amerikada sixlidalar, Shim. Amerikada sentdarxidlar, Jan. Osiyo va Afrikada labirintlilar koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda Olabugʻa baliqlarning 4 oilasi (buka baliqlar, aterinlar, olabugʻalar, toshbuqalar), 9 urugʻi va 13 turi tarqalgan. Oddiy olabugʻa va oq yela Amu va Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengizida yashaydi. Koʻpchilik Olabugʻa baliqlar Orol dengizi bilan bogʻliq boʻlgan. Bir qancha Olabugʻa baliqlar sanoat miqyosida ovlanadi, sunʼiy suv havzalarida koʻpaytiriladi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari