Tipratikanlar, kirpilar (Erinaceidae) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumi oilasi. Oyoqlari koʻpchiligida 5 barmokli; lyuqori, baʼzan pastki kurak tishlari yirik, yirtqich tishlariga oʻxshash. Teri osti muskullari yaxshi rivojlangan; ular qisqarishi tufayli T. gavdasi sharsimon shaklga kiradi. 12—15 turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi: qulokdor T., kora ignali T. uchraydi. Qulokdor T. (tanasi 15—19 sm, kulogʻi uzun, korni mayin oq jun bilan qoplangan) Oʻzbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali T. (tanasi 22—27 sm, dumi 23–37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) Oʻzbekiston jan.da — Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, hasharotlar, shuningdek, mayda umurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdankam oʻsimlik mahsulotlari bilan oziklanadi.
Qishloq xoʻjaligi zararkunandalari—hasharotlarni yeb fonda keltiradi.