dcsimg

Aktiniyalar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Aktiniyalar (Actiniaria) – dengiz bo‘shliqichlilari turkumi; marjon-poliplar sinfi olti nurlilar kenja sinfiga mansub. Ko‘pchilik turlari yakka yashaydi. Tanasi silindr shaklida, yor-qin rangli, kundalang kesimi bir necha mm dan 1,5 m gacha, pastki yassi tomoni tovon deyiladi. A. muskulli tovoni yordamida sekin harakatlanishi mumkin. Ayrim turlari suv tubiga yopishib yoki qumga ko‘milib olib harakatsiz yashaydi, suzib yuradigan turlari ham ma’lum. Ta-nasining yuqori uchida juda ko‘p paypas-lagichlar bilan o‘ralgan og‘zi joylashgan. A. yirtqich, mayda umurtqasizlar, hatto mayda baliqlar bilan oziqlanadi. O‘ljasini otuvchi hujayralar bilan qurollangan pay-paslagichlar yordamida falajlaydi yoki o‘ldiradi. Otuvchi hujayralari zahari odam terisini ham kuydirib, og‘riq paydo qilishi mumkin. Jinsiy va jinssiz – bo‘yiga yoki ko‘ndalangiga bo‘linish orqali kupayadi. 1500 ga yaqin turi Orol va Kaspiy dengizidan boshqa barcha dengizlarda tarqalgan. Ko‘pchilik turlari zohid qisqichbaqalar va boshqa umurtqasizlar bilan simbioz yashaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Aktiniyalar: Brief Summary ( Uzbek )