dcsimg

Oʻrgimchak ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages
Spiders Diversity.jpg

Oʻrgimchaklaroʻrgimchaksimonlar turkumi. Uzunligi 0,7 sm dan 11 sm gacha bo‘ladi. Koʻpchilik oʻrgimchaklar tanasi qisqa poyacha orqali tutashgan yaxlit boshkoʻkrak va qorin boʻlimidan iborat; faqat boʻgʻimqorinli oʻrgimchaklar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan. Xelitserasiga zahar bezlari yoʻli ochiladi. Qorin boʻlimi keyingi qismida 1—4 juft toʻr bezlari joylashgan. 27000 dan ortiq, jumladan Oʻzbekistonda bir necha yuz turi bor. 3 kenja turkum: boʻgʻimqorinlilar, qushxoʻr oʻrgimchaklar va oʻpkali oʻrgimchaklarga boʻlinadi. Boʻgimqorinlilar tuban tuzilgan 10 ga yaqin tropik oʻrgimchaklarni oʻz ichiga oladi. Qushxoʻr oʻrgimchaklar, asosan, tropikada tarqalgan, 1500 ga yaqin yirik (10 sm gacha) turlardan iborat. Koʻpchilik oʻrgimchaklar murakkab toʻr toʻqib, oʻljasini toʻr yordamida tutadi. Faol hayot kechiradigan turlari toʻr toʻqimaydi; inda yashaydi. Yirtqich oziqlanadi, ayrim turlari uchun kannibalizm xos. Oʻrgimchaklar zararkunanda va parazit hasharotlar va boshqalar umurtqasizlar bilan oziklanishi tufayli foydali hisoblanadi. Qoraqurt va biylar zahri odam uchun xavfli.

Manbalar

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Oʻrgimchak: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages
Spiders Diversity.jpg

Oʻrgimchaklar — oʻrgimchaksimonlar turkumi. Uzunligi 0,7 sm dan 11 sm gacha bo‘ladi. Koʻpchilik oʻrgimchaklar tanasi qisqa poyacha orqali tutashgan yaxlit boshkoʻkrak va qorin boʻlimidan iborat; faqat boʻgʻimqorinli oʻrgimchaklar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan. Xelitserasiga zahar bezlari yoʻli ochiladi. Qorin boʻlimi keyingi qismida 1—4 juft toʻr bezlari joylashgan. 27000 dan ortiq, jumladan Oʻzbekistonda bir necha yuz turi bor. 3 kenja turkum: boʻgʻimqorinlilar, qushxoʻr oʻrgimchaklar va oʻpkali oʻrgimchaklarga boʻlinadi. Boʻgimqorinlilar tuban tuzilgan 10 ga yaqin tropik oʻrgimchaklarni oʻz ichiga oladi. Qushxoʻr oʻrgimchaklar, asosan, tropikada tarqalgan, 1500 ga yaqin yirik (10 sm gacha) turlardan iborat. Koʻpchilik oʻrgimchaklar murakkab toʻr toʻqib, oʻljasini toʻr yordamida tutadi. Faol hayot kechiradigan turlari toʻr toʻqimaydi; inda yashaydi. Yirtqich oziqlanadi, ayrim turlari uchun kannibalizm xos. Oʻrgimchaklar zararkunanda va parazit hasharotlar va boshqalar umurtqasizlar bilan oziklanishi tufayli foydali hisoblanadi. Qoraqurt va biylar zahri odam uchun xavfli.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari