dcsimg

Angʻirt ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ang‘irt, sariq g‘oz, atayka (Tadorna ferruginea) – g‘ozsimonlar turkumining o‘rdaklar oilasiga mansub parranda. Patlari ochiq sarg‘ish, boshi oqish. Yevropa va Osiyoning cho‘l, dasht va tog‘li hududlarida tarqalgan. Qishlash uchun Afrikaning shimoliy va Osiyoning jan. tomonlariga uchib ketadi; O‘zbekistonda ham uchraydi, bir qismi shu yerda qishlaydi. Tog‘, cho‘l va dasht zonalaridagi chuchuk suvli va sho‘r ko‘llarda yashaydi. Inini tulki, qorsoq, bo‘rsiq kabi hayvonlarning tashlab ketgan uyasiga va toshlar orasiga quradi, 8–12 tacha tuxum qo‘yadi. Erkagi uyaning atrofidan uzoqqa ketmasdan, urg‘ochisini qo‘riqlab yuradi va tuxumdan chiqqan jo‘jalarini boqishga ko‘maklashadi. A. har xil mayda jonivorlar va o‘simliklar bilan ovqatlanadi. A. ov qilinadi. Go‘shti yozda (faqat jonivorlar bilan ovqatlanganda) bemaza va qo‘lansa, kuzda (o‘simliklar bilan ovqatlanganda) mazali bo‘ladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Angʻirt: Brief Summary ( Uzbek )