Soʻnalar, soʻqirlar (Tabanidae) — ikki qanotlilarga mansub kalta moʻylov hasharotlar oilasi. Gavdasi kalta va yoʻgʻon, qanotlari keng va kuchli. Ogʻiz organlari sanchuvchiyalovchi, umurtqali hayvonlar terisini oson teshadi. 3000 ga yaqin turi bor. Odatda, oʻrmon, dasht va choʻl mintaqalarida keng tarqalgan, suv havzalariga yaqinroq joylarda uchraydi. Yaxshi uchadi, quyoshli kunduz kunlari faol hayot kechiradi. Koʻpchilik turlarining urogochisi yirik tuyokli hayvonlar, baʼzan odam qonini soʻradi. Chaqqanda ogʻriydi. Har terini teshib, jarohatlagan joyiga soʻlagini purkaydi. Sulagi tarkibida qonni ivitmaydigan ferment boʻladi. Urgʻochi S. oʻz vaznidan 1,5— 3 marta koʻproq (40–300 mg) qon soʻradi. Erkak S. gullar shirasi va boshqa suyuqliklar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi tuxumlarini suv ustida oʻsgan oʻsimliklar bargiga qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan lichinka suvda, suv tubidagi balchiqda yoki qirgʻoq yaqinidagi nam tuproqsa rivojlanadi; chiriyotgan oʻsimlik qoldigʻi yoki mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. S. tulyaremiya, kuydirgi, otlar anemiyasi kasalliklarining qoʻzgʻatuvchilarini yuqtiradi. Yomgʻir S.i, tillakoʻz S, haqiqiy S urugʻlarining turlari keng tarqalgan. Oʻzbekistonda S.ning 6 uru/ga mansub 53 turi uchraydi. Asosiy turlari: hoʻkiz S.i, kulrang S, bugʻu Soʻnalar